INTERNETDA PUL TOPISH YO'LLARI
Asosiy
Kirish
Ro'yhatdan o'tish
Juma, 19.04.2024, 10:13Xush kelibsiz Гость | RSS
Sayt menyusi

Bizning so'rov
Ushbu saytni qayerdan topdingiz
Javoblar soni: 0

Statistika

Onlayn hammasi: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

ASSALOMU ALAYKUM

Bugungi kunda Internet odamlar orasida ommaviylashishi tufayli undan daromad manbayi sifatida foydalanish uchun qiziqish ham ortib bormoqda. Internetda pul ishlash turlari juda ko’p bo’lgani bilan birga unda pul yo’qotish va aldanib qolish hollari ham ko’p uchraydi. Bu borada aksariyat ma’lumotlar boshqa tillarda bo’lgani sababli ushbu saytni yaratishni qaror qildim va shu yerda internetda pul ishlash sirlarini sizlar bilan baham ko’rmoqchiman.

INTERNETDA PUL TOPISH REALMI

Demak barchangizni birinchi bo’lib qiziqtiradigan savol internetda pul topish realmi yaniy mumkinmi yoki bu bo’lmagan ishmi? Bu savolga “ha mumkin” deb bemalol aytsak bo’ladi. Bunga misol o’zimni shaxsiy tajribam, biroq bu to’g’risida keyinroq yoritaman. Agar pul topish mumkin bo’lsa u holda qay miqdorda deb so’rashingiz mumkin. Bu savolingizga javobim “bu sizga bog’liq” sizning ishtiyoqingizga, intilishingizga, malakangizga va hokazo.

INTERNETDA PUL ISHLASH AFZALLIKLARI

Internetda pul topish birinchi navbatda qo’shimcha daromad sifatida ko’riladi. Biroq vaqt o’tgani sari u asosiy daromad manbayiga aylanishi mumkin. Internetda pul topganingizda siz erkin bo’lib o’zingiz istalgan joydan istalgan paytda va istaganingizcha ishlashingiz mumkin. Sizga buyruq beradigan rahbar bo’lmaydi va daromadingiz chegarasi cheklanmaydi.

INTERNETDA PUL ISHLASH YO’LLARI

Internetda pul topishning yollari juda ko’p bo’lib unda siz malakali bo’lsangiz ham bo’lmasangiz ham pul topishingiz mumkin. Internetda pul ishlash to’g’risida ma’lumot beradigan chet el saytlari juda ko’p bo’lib ularning barchasida pul topishni xar hil turlarga bo’lib, kategoriyalarga ajratib yoritib beriladi. Biz ham o’zimizga qulay bo’lishi uchun pul topish yo’llarini turlarga, guruhlarga bo’lib olib yoritib ketsak.

Eng avvalo Internetda pul topishni 3 ta guruhga bo’lib olamiz: birinchisi internetda pul sarflamasdan pul topishinternetda ishlash, ikkinchisi internetda ma’lum bir pul sarflab uni ko’paytirish – investitsiya qilish va uchinchisi internetda ish yuritish – biznes qilish. Birinchi guruhga misol qilib SAR (sistemi aktivnoy reklami – faol reklama tizimlari) ,Youtube da pul ishlash, o’yinlar, mehnat birjalaridan ish olib bajarish va shunga o’xshashlarni aytishimiz mumkin. Ikkinchi guruhga Forex (valyuta birjasi), HYIP (yuqori daromadli investitsion dasturlar) va boshqa investitsion usullarni kiritishimiz mumkin. Uchinchi guruhga esa sayt yaratib u orqali daromad topish usullarini kiritsak bo’ladi.

Internetda pul topish ishtiyoqida bo’lganlarning asosiy qismi malakasiz bo’lganligi sababli eng birinchi navbatda internetda pul sarflamasdan malakasiz insonlar daromad qilish yo’llari tog’risida ma’lumot bersak. Biroq bundan avval nimadan boshlash kerakligini aytib o’taylik.

NIMADAN BOSHLASH KERAK

Internetda pul topish uchun sizda birinchi navbatda ishtiyoq, internetga ulangan kompyuter yoki telefon bo’lishi kerak. Bundan tashqari sizda elektron pochta va elektron hamyon bo’lishi lozim.

Elektron pochta bilan ko’pchilik tanishligi uchun uni yoritib o’tirmaymiz. Biroq bu to’g’risida ma’lumot olmoqchi bo’lsangiz men bilan bog’lanishingiz mumkin.

Elektron pul nima o’zi? Elektron pul bu internet olamida to’lov vositasidir. Uning yordamida siz internetda oldi sotdi qilishingiz, uni boshqa elektron pulga almashtirishingiz, to’plashingiz va naqdlashtirishingiz mumkin. Elektron pullar to’g’risida ma’lumot ko’pligi sababli unga alohida mavzu ochamiz. Hozircha siz ushbu keng tarqalgan elektron to’lov vositaslarida hisob ochishingiz kerak bo’ladi.

www.webmoney.ru  Ushbu elektron hamyondan asosan rus saytlari foydalanadilar 

www.paypal.com  Ushbu to'lov tizimidan ko'proq chet el saytlari foydalanadilar

Kopmyuter savodhonligiga o’rgatish ushbu saytning maqsadi bo’lmaganligi uchun saytlarda qanday qilib ro’yhatdan o’tish va a’zo bo’lishni o’rgatmaymiz. Biroq sizda bu borada qiyinchiliklar tug’ilsa murojat etishingiz mumkin.

Shu o'rinda yana bir maslahatni berib o'tishni lozim topdim. Internetda pul topish uchun bir nechta saytlardan ro'yhatdan o'tishimizga to'g'ri keladi, shuning uchun login va parollarni almashtirib yoki unutib qo'ymaslik uchun ularni biron bir daftar yoki faylga yozib yurishni tavsiya etaman. Albatta uni o'zgalar qo'liga tushib qolmasligini ham ta'minlab qo'ying.

Saytga kirish

Qidiruv

Sayt do'stlari
  • Rasmiy blog
  • uCoz
  • Tizima boyicha savol javoblar
  • uCoz bilimlar bazasi