INTERNETDA PUL TOPISH YO'LLARI
Asosiy
Kirish
Ro'yhatdan o'tish
Payshanba, 02.05.2024, 14:09Xush kelibsiz Гость | RSS
Sayt menyusi

Bizning so'rov
Ushbu saytni qayerdan topdingiz
Javoblar soni: 0

Statistika

Onlayn hammasi: 1
Mehmonlar: 1
Foydalanuvchilar: 0

INTERNETDA MEHNAT BIRJALARIDAN ISH OLIB PUL ISHLASH

Internetda ish beruvshi va ish bajaruvchini birlashtiradigan saytlar ham ko’pdir. Ushbu usuldan ko’proq biror bir malakaga ega bo’lgan insonlar ko’p foydalanadi. Biroq bu yerda uncha malaka talab etilmaydigan ishlar ham bo’lib turadi. Ushbu saytlarda ish beruvchi ish joylashtiradi. Va siz agar bu ishni bajara oladigan bo’lsangiz uni olishga harakat qilasiz. Ish beruvchini ham bu yerda talablari bo’ladi. Agarda shu talablarga mos kelsangiz va ish beruvchi sizni boshqalar orasidan tanlab ish bersa u holda siz ushbu qilgan ishingizga yarasha pul olasiz. Misol qilib aytadigan bo’lsak men ushbu saytlardan birida ingliz tilidan o’zbek tiliga taljima qilish bo’yicha malakam bor deb ro’yhatdan o’tdim va tarjima ishlarini ko’rib chiqib bittasini olishga harakat qildim va ish beruvchi menga ushbu ishni berdi. Ish beruvchini shartlariga ko’ra 10 varoqlik hujjat 5 kun ichida tarjima qilinishi kerak va unga u 100 dollardan ko’p bera olmasligini aytgan. Ushbu ishni men 70 dollarga bajarib beraman deb oldim va 2 kunda uni bajarib yubordim. U ishni qabul qilib olib ishdan qoniqish hosil qilib menga 70 dollarni hisobimga o’tkazib berdi. Ushbu internet saytlarida ishlar juda ko’p va turli tuman bo’lib ular asosan kompyuterda bajariladigan ishlardir. Agarda siz ushbu usuldan foydalanib bir ikki ish olib qiziqib qolsangiz bu sizning asosiy daromad manbaingiz ham bo’lib qolishi mumkin. Bu yerda ham daromad miqdori cheklanmagan. Malakangiz qanchalik talabgor va noyob bo’lsa siz bu yerda minglab dollar topishingiz mumkin. Shunday saytlarga misol: www.upwork.com

Saytga kirish

Qidiruv

Sayt do'stlari
  • Rasmiy blog
  • uCoz
  • Tizima boyicha savol javoblar
  • uCoz bilimlar bazasi